AsosiyDunyo

O`quvchi tug`ilgan kunida do`stlarini o`qqa tutdi

'O`quvchi tug`ilgan kunida do`stlarini o`qqa tutdi'ning rasmi

AQShning Kaliforniya shtati Santa-Klara shahridagi maktabda otishma yuz berdi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, otishma natijasida 2 kishi halok bo`lgan va 3 kishi jarohatlangan. Barcha jabrlanuvchilar 14-16 yoshdagi bolalar. Bu haqda CNN xabar tarqatdi.

Otishmani uyushtirishda shu kuni 16 yoshga to`lgan maktab o`quvchisi gumonlanyapti. O`smir og`ir ahvolda shifoxonaga etkazilgan.

Polisiyaning ma`lum qilishicha, u avval boshqalarga o`q uzgan keyin esa o`zini otgan. O`smir yigit nega bunday qilgani hozircha noma`lum.

Boshqa yangiliklar