1

Toshkentda ilk bor atom festivali o`tkazildi

Jamiyat 15.11.2019, 17:46
Teglar: Rosatom, O`zatom
Toshkentda ilk bor atom festivali o`tkazildi

Festival Toshkent shahridagi Atom texnologiyalari axborot markazi (ATAM)da ochildi.

Festivalda “O`zatom” agentligi, «Rosatom» davlat korporasiyasining Markaziy Osiyo bo`yicha hududiy markazi, Yadro tadqiqotlari milliy universiteti “MIFI” Toshkent filiali mutasaddilari va mutaxassislari hamda o`quvchi va talabalar etdilar.

Tadbir fan va innovasiyalarni ommaviylashtirish, yoshlarni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish, ularning atom mavzusiga doir savollariga mutaxassislardan javob olishi maqsadida tashkil etildi.

Festival doirasida maktab o`quvchilari uchun “Atomniy dobl”, “Ilmiy xronograf”, “Texnostrategiya” kabi intellektual o`yinlar, talabalar uchun ma`ruzalar va ilmiy-ommaviy “Razberem na atomi” tok-shousi o`tkazildi.

Festival ishtirokchilarga yadro texnologiyalarining sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyotda qo`llanilishi va mamlakat taraqqiyotida tutgan o`rni haqida tushunchalar berildi.

Ma`lumot o`rnida qayd etish joiz, bunday tadbirlar atom energetikasi rivojlanayotgan ko`plab mamlakatlar – Bangladesh, Hindiston, Belarus, Armaniston va boshqa davlatlarda ommaviy tarzda o`tkaziladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1