1

Quloq nega shang`illaydi?

Salomatlik 15.11.2019, 17:51
Teglar: quloq, shang`illash
Quloq nega shang`illaydi?

Tahririyatimizga kelayotgan xatlar va telefon qo`ng`iroqlarda asosan katta yoshli odamlar quloq shang`illashi haqida tushuncha berishimizni so`rab murojaat qilishadi. Quloqdagi shovqindan qutulish borasida mutaxassislardan maslahat so`rashadi. Bu borada savollarga quloq, tomoq va burun kasalliklari shifokori Rajabbibi Xo`jaeva qo`yidagicha javob berdi:

–Quloq yo`lidagi "Evstaxiy nayi" deb ataluvchi eshituv nayining surunkali yallig`lanishi natijasida eshituv yo`liga havo o`tmaydi. Uning yopilishi sababli ichkarida – o`rta quloqda o`zgarish paydo bo`ladi. Vaqtida davolanmaganda nog`ora parda ichkariga nog`ora bo`shlig`iga qarab tortiladi va yaxshi harakatlanmaydi. Natijada eshitish qobiliyati pasayadi va bemor qulog`ida shang`illash his qiladi, shuningdek gapirgan gapi o`ziga boshqacha eshitiladi. 

Bu holatni davolash yo`llari shuki, Evstaxiy nayini ochish maqsadida burun yo`llari orqali havo yuboriladi. Shu tariqa quloq yo`lidagi yopishish va boshqa to`siqlar ochiladi. Agar havo yuborish yordam bermasa, dori-darmon va fermentlar yuboriladi. Shu usulda quloq yo`lidagi yallig`lanishlar so`rilib ketadi. Davolanishdan keyin quloq shang`illashi yo`qoladi. Shu bilan birga, quloqda shovqin eshitilsa, burun-halqum yo`llaridagi muammolarni ham aniqlab, bartaraf qilish kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1