TÜV International Certification xalqaro sertifikatlashtirish idorasi tomonidan «Asia Trans Gas» MChJ qo`shma korxonasiga "Oltin" sertifikatining tantanali topshirish taqdimoti bo`lib o`tdi.
Sertifikat sertifikatlashtirish idorasi direktori Riad Ibragimov tomonidan qo`shma korxona bosh direktori janob Li Lin va qo`shma korxona bosh direktorining birinchi o`rinbosari janob Latipov Sobir Isaevichga taqdim etildi.
Xodimlarning maqsadli mehnatlari tufayli qo`shma korxona O`zbekiston Respublikasi hududida birinchi bo`lib ISO 45001:2018 sertifikatini qo`lga kiritishga muvaffaq bo`lgan.
«Asia Trans Gas» MChJ qo`shma korxonasining asosiy faoliyati Turkmaniston-O`zbekiston-Qozog`iston-Xitoy transmilliy gaz quvurining qismi bo`lgan O`zbekiston-Xitoy gaz quvurini qurish va ekspluatasiya qilishdan iborat.
Barqaror rivojlanish, mehnat xavfsizligi va kelajak avlodlarga g`amxo`rlik qilish maqsadida, «Asia Trans Gas» MChJ qo`shma korxonasi ISO 9001:2015 (sifat menejmenti tizimi), ISO 14001:2015 (ekologik menejment tizimi) va ISO 45001: 2018 (sog`liqni saqlash va mehnat xavfsizligi tizimi) xalqaro standartlari bo`yicha sertifikatlashdan muvaffaqiyatli o`tdi. Deyarli faoliyatining dastlabki kunlaridanoq qo`shma korxona yuqori sifatli, xavfsiz va ekologik toza ishlab chiqarish ob`ektlari standartlariga mos, integrasiyalashgan boshqaruv tizimini yaratdi.
Germaniya akkreditasiya va sertifikatlashtirish «TUV International Certification va SERT Management» idorasi reytingiga ko`ra, O`zbekiston-Xitoy «Asia Trans Gas» MChJ qo`shma korxonasi MDH va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo`yicha beshlik qatoridan o`rin olib, “Oltin” sertifaktga sazovor bo`lgan.
CERT INTERNATIONAL Evropa sertifikatlash idorasi reytingida qo`shma korxona ISO 45001: 2018 xalqaro sertifikatini olishda dunyodagi birinchi uchlikka kirdi.






