Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Jamoatchilik nazorati” guruhi ishtirokchilaridan biri Toshkent shahar jamoat transporti haydovchilarining bekatlarda uzoq turib qolishidan shikoyat qilgan, deb yozadi uz24.uz nashri.
Ishtirokchining so`zlariga ko`ra, bunday holat ayniqsa, poytaxtdagi “Oloy dehqon bozori" bekatida sodir bo`lmoqda. Bu erda haydovchilar avtobusni 10-20 daqiqagacha ushlab turmoqda. Yo`lovchilarning iltimosi va nolishlariga esa e`tibor qaratishmayapti.
Bundan avval “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi shahar transportining harakatlanish grafigiga muvofiq, barcha avtobuslarga bekatlarda (xususan, “Oloy bozori", “Chorsu bozori" va boshqa) 40 soniyadan 1 daqiqagacha to`xtab turishga ruxsat berilgani, so`nggi bekatlarda esa 2 daqiqadan 5 daqiqagacha to`xtash mumkinligi haqida ma`lum qilgan edi. Biroq shunga qaramay, ba`zi jamoat transporti haydovchilari o`rnatilgan tartib-qoidani hamon buzishmoqda.
“Toshshahartransxizmat” bu kabi qoidabuzarliklar haqida 1062 ishonch telefonlariga xabar berishlarini so`raydi.





