Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo`rg`on tumanida tezkor tadbir o`tkazildi.
O`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.J boshqaruvidagi “Hyundai Porter” rusumli yuk avtomashinasi chegara oldi hududida to`xtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada yurtimizga noqouniy yo`llar bilan olib kirilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 120 million so`mlik 2 turdagi 72 dona televizorlar borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






