O`zbekiston Qurolli Kuchlar akademiyasiga Xitoy Xalq Respublikasi Milliy Mudofaa universiteti rahbari Chu Shang Jin boshchiligidagi delegasiyasining tashrifi ikki mamlakat o`rtasidagi harbiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
O`zbekistonning bugungi kunda olib borayotgan samarali va faol tashqi siyosatini dunyoning etakchi mamlakatlari bilan barcha sohalarda olib borayotgan keng ko`lamli hamkorlik aloqalari misolida ko`rishimiz mumkin.
O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi ham dunyoning nufuzli oliy ta`lim markazlari va harbiy akademiyalari bilan faol hamkorlik qilib kelyapti. Tashrif davomida, delegasiya a`zolari ta`lim muassasasi o`quv faoliyati, uning imkoniyatlari va shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar akademiyada harbiy kadrlarni tayyorlash uchun yaratilgan imkoniyatlarga yuqori baho berishdi. Ayniqsa, Xitoy auditoriyasi delegasiya a`zolarida katta tassurot qoldirdi.
Shuningdek, xorijlik mutaxassislar tomonidan harbiy ta`lim tizimini takomillashtirish,zamonaviy metodika va ta`lim standartlari bilan tanishtirish bo`yichaakademiya professor-o`qituvchilari bilan fikr almashildi.
Shu jumladan,“Chin o`lkasi” vakillarining Xitoy Xalq Respublikasining Mudofaa va xavsizlik bo`yicha olib borayotgan siyosati, Xitoy milliy armiyasi to`g`risidagi taqdimoti uchrashuv ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tashrif davomida ikki davlat vakillari o`rtasida harbiy ta`lim sohasida hamkorlikning kelgusi istiqbollari kelishib olindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






