AsosiyJamiyat

Xalqaro fizika-matematika olimpiadasi o`tkaziladi. G`oliblar OTMga grant asosida qabul qilinadi

'Xalqaro fizika-matematika olimpiadasi o`tkaziladi. G`oliblar OTMga grant asosida qabul qilinadi'ning rasmi

Umumta`lim maktablarining 9-11-sinf o`quvchilari o`rtasida “MMFI” Xalqaro fizika-matematika olimpiadasi o`tkaziladi.  

G`oliblarga Toshkent shahridagi MTYaU “MMFI” filiali hamda Moskva shahridagi NIYaU “MMFI”da grant asosida o`qish imtiyozi beriladi.  

Olimpiada “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti tomonidan 2019 yil 24 noyabr kuni Toshkent va Buxoro shaharlarida o`tkaziladi:

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet 4 ko`chasi, O`zMU, Fizika fakulteti.

Manzil: Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko`chasi 11-uy.

👉 Matematika bo`yicha olimpiada  soat 10:00 - 13:00da bo`lib o`tadi.

👉 Fizika bo`yicha olimpiada soat 14:00 - 17:00da bo`lib o`tadi.

✅ Xorijiy fuqarolar orasidan olimpiadada g`olib bo`lgan sovrindorlarga Toshkent shahridagi MTYaU “MMFI” filialiga o`qishga kirishiga imtiyozlar hamda  Moskva shahridagi NIYaU “MMFI” ga o`quv kvotasi buyicha Rossiya granti asosida o`qish imkoniyati beriladi.  

Olimpiada saralash bosqichida ishtirok etish uchun 2019 yil 21 noyabrga qadar onlayn  ro`yxatdan o`tish lozim.

 

    Boshqa yangiliklar