Toshkent shahar IIBB Telegram kanallarida tarqalgan telefon o`g`irligiga doir video yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berdi.
Ta`kidlanishicha, 14 noyabr kuni soat 21:45 da Yunusobod tuman navbatchilik qismiga 35 yoshli Shuhrat ismli erkak murojaat qilib, Samsung Galaxy S9+ telefoni o`g`irlab ketganini bildirgan.
Yunusobod tuman IIJ FMB xodimlari videokameradagi yozuvlarni o`rgangan holda gumonlanuvchining shaxsini aniqlagan. Ma`lum bo`lishicha, telefonni o`g`irlagan shaxs bunga qadar ham sudlangan 21 yoshli Ahmadjon ismli yigit bo`lib chiqqan. Ayni vaqtda uni qo`lga olish bo`yicha barcha choralar ko`rilmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O`g`rilik) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






