1

Boliviyadagi siyosiy inqiroz nimalarga olib keldi?

Dunyo 17.11.2019, 14:48
Teglar: Boliviya, inqiroz
Boliviyadagi siyosiy inqiroz nimalarga olib keldi?

Boliviyadagi siyosiy inqiroz boshlanganidan beri yuz bergan to`qnashuvlarda kamida 23 kishi halok bo`ldi, yana 715 kishi jarohat olgan. Bu ma`lumotlarni TASS axborotiga tayanib O`zA taqdim etdi.

Juma kuni Kochabamba shahrida xavfsizlik xodimlari va sobiq prezident Evo Morales tarafdorlari o`rtasida to`qnashuv yuz bergan. 170 nafarga yaqin kishi hibsga olingan. Rasmiylarga ko`ra, namoyishchilardan o`qotar qurol va portlovchi moddalar tortib olingan.

Janubiy Amerikaning ushbu davlatida 20 oktyabr kuni prezident saylovlari bo`lib o`tdi. Oliy saylov sudi ma`lumotlariga ko`ra, Morales unda g`alaba qozongan. Uning asosiy raqibi Karlos Mesa bu qarorni tan olmadi va natijalar e`lon qilingandan so`ng Moralesga qarshi bo`lganlar mamlakatda norozilik namoyishlari uyushtirdilar.

Armiya, muxolifat va kasaba uyushmalari prezident iste`fosini talab qilishdi. Morales buni 10 noyabr kuni e`lon qildi va davlat to`ntarishi deb baholadi.

Morales 12 noyabr kuni Meksikaga kelgan, bu erda unga siyosiy boshpana berilgan. O`sha kuni Boliviya parlamenti senatorlari palatasining ikkinchi vise-spikeri Agnes prezident vazifasini bajarishga kirishishini e`lon qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1