Ikki hafta ichida Tojikistonda standart 50 kg qop unining narxi 200 somoniydan (195 700 so`m) 220 somoniygacha (215 250 so`m) ko`tarildi. Bu haqda regnum.ru’ga tayanib ma`lum qilinmoqda.
Tojiklarning asosiy rasioni non va «non mahsulotlari» ekanligini hisobga olib, unning navbatdagi ko`tarilishi mahalliy aholining hamyoniga jiddiy zarba bo`ldi. Davlat statistika ma`lumotlariga ko`ra, ushbu mahsulot guruhi aholi uchun eng qimmat bo`lib qolmoqda va u oziq-ovqatga sarflanadigan xarajatlarning 34,3 foizini tashkil qiladi.
Rasmiylar bu o`sishni Qozog`istonda, ya`ni Tojikistonga g`alla va unning asosiy etkazib beruvchisida un narxining ko`tarilishi bilan bog`lamoqda.
Umuman olganda, 2019 yilning etti oyida mamlakatga 6,6 million dollardan ortiq miqdordagi 28,6 ming tonna un import qilingan – bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 9,5 ming tonna ko`p.