AsosiyJamiyat

Maktablarda rekonstruksiya va ta`mirlash ishlari istalgan vaqt boshlanishi mumkin

'Maktablarda rekonstruksiya va ta`mirlash ishlari istalgan vaqt boshlanishi mumkin'ning rasmi

2019-2020 o`quv yili boshlanganidan so`ng mamlakatimizning turli hududlaridagi ba`zi maktablar rekonstruksiya va ta`mirlash ishlarini olib borish uchun yopildi.

Eslatib o`tamiz, “Xalq ta`limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi farmonining 3-bandiga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari xalq ta`limi muassasalarini qo`llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirishga mas`ul etib belgilangan.

Mahalliy hokimiyatlar maktablarda rekonstruksiya va ta`mirlash ishlarini moliyalash va pudrat tashkilotlari tasdiqlanganidan keyin olib boradi. Rekonstruksiya va ta`mirlash ishlari istalgan vaqt boshlanishi mumkin va bu albatta o`qituvchi, o`quvchi va ularning ota-onalariga noqulayliklar tug`diradi, deya xabar beradi XTV mabuot kotibi.

    Boshqa yangiliklar