21-24 noyabrda O`zbekiston hududiga Volgabo`yi orqali Rossiyaning Evropa hududi markaziy rayonlari (Moskva oblasti) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.
O`zgidromet Markazining axborot xabariga ko`ra, 21-24 noyabrda O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi (yomg`ir, ayrim joylarda qorga aylanadi). 21 noyabrda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20metrga etadi.
22-24 noyabrda respublika hududi bo`yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 8 daraja sovuqqacha tushadi, kunduzi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo`ladi.
Mamlakatimiz shimolida 21-24 noyabrda havo harorati kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda.






