AsosiyJamiyat

Benzin ishlab chiqarish kamaydi

'Benzin ishlab chiqarish kamaydi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi xabariga ko`ra, 2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida respublikada avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o`tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi.

Qayd etilishicha, 2018 yilning shu davrida 966,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo`lsa, 2019 yilda - 839,5 ming tonna.

Dizel yoqilg`isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi. 2018 yilda 900,1 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo`lsa, 2019 yilda - 839,2 ming tonna.

Shu bilan birga, O`zbekiston 2019 yil yanvar-oktyabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan (624,3 ming tonna) qisqartirdi - 584,1 ming tonnagacha.

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida tabiiy gaz qazib olish qariyb 49,3 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (49,8 milliard kub metr).

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida O`zbekiston 1,73 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan kam (1,77 million tonna).

    Boshqa yangiliklar