AsosiyJamiyat

AOKA Toshkent shahar hokimi masalasi yuzasidan ikkinchi rasmiy bayonotini e`lon qildi

'AOKA Toshkent shahar hokimi masalasi yuzasidan ikkinchi rasmiy bayonotini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ikki kundan buyon muhokamalar maydonida bo`layotgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bilan bog`liq masalaga nisbatan rasmiy munosabatini e`lon qildi. Buni Agentlik rahbari Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi orqali ma`lum qilgan.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi shuni ma`lum qiladiki, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo`jaev bilan bog`liq vaziyat o`z echimini topdi, buni ikki tomon ham tasdiqlab turibdi.

Mazkur nizoning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va blogerlar tomonidan faol tarzda muhokama qilinishi, bunga Bosh prokuratura, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Adliya vazirligi va siyosiy partiyalarning tezkor munosabat bildirishi mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining kuchi tobora ortayotgani, jamiyatda demokartik o`sishning shakllanayotgani, OAVning bosqichma-bosqich “to`rtinchi hokimiyat”ga aylanayotgani, respublikamizning ochiqlik sari dadil odimlayotganidan dalolat beradi.

Vaziyatni yanada chigallashtirishga yo`l qo`ymaslik uchun, shuningdek, Kun.uz tahririyati iltimosini inobatga olgan holda, Agentlik blogerlar va jurnalistlarni shahar hokimining ushbu nashr jamoasi bilan uchrashuvi natijalarini hisobga olishga va bundan keyin bu mavzuni bo`rttirmaslikka chaqiradi.

Ishonamizki, tegishli davlat idoralari tomonidan ushbu masalani o`rganish ishlari oxiriga etkaziladi va unga to`laqonli huquqiy baho beriladi”.

Eslatib o`tamiz, ushbu masala yuzasidan AOKAning dastlabki rasmiy munosabati ham e`lon qilingan edi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar