Yaqin kunlarda internet tarmog`ida noma`lum shaxs tomonidan voyaga etmagan bolaning ko`z o`ngida itning ustidan benzin quyib, so`ngra uni yoqib yuborganligi aks etgan video tarqaldi.
Hodisa oqibatida it qiynoqlarda jon bergan. Mazkur videoko`plab insonlarga qattiq ta`sir qilgan.
«Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati Bahodir ismli shaxsni tanigan, uni biron-bir manzil ko`rganlardan +99897 4554112 raqami orqali xabar berishni so`ragan.
«Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati erkakni topishda yordam bergan insonga ukning shaxsi tasdiqlangandan so`ng 2.000.000 so`m miqdorida pul mukofoti taqdim etishga va`da bergan.
U haqidagi ma`lumotlar ichki ishlar organlariga etkaziladi va u O`zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ravishda javobgarlikka tortiladi.
“Bu kabi insonlar jamiyat uchun xavfli”, deb yozadi «Mehr va Oqibat» HHJ.






