VIII Sankt-Peterburg xalqaro madaniy forumi doirasida “Yil homiysi” mukofoti taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar qilmoqda.
Asli o`zbekistonlik bo`lgan xalqaro “Shodiev” jamg`armasi asoschisi, Moskva davlat Xalqaro munosabatlar instituti Vasiylik kengashi a`zosi, siyosiy fanlar doktori Fattoh Shodiev mukofotning mutlaq g`olibi, deb e`lon qilindi.
Ushbu mukofot Shodievga Rossiyaning “Kabuki“ teatr truppasi gastrollariga homiylik qilgani uchun berildi. Mukofot Rossiya Federasiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy tomonidan topshirildi.
Ma`lumot o`rnida, “Shodiev” jamg`armasi bir necha yildan buyon Moskva davlat Xalqaro munosabatlar instituti bilan yaqindan hamkorlik ishlarini amalga oshirib keladi.
Hamkorlik faoliyati doirasida talabalarga chet el oliygohlarida ta`lim olish va malaka oshirish imkoniyatlarini taqdim etiladi.






