AsosiyJamiyat

Tadbirkor saxovat yo`lida qarzdor xonadonlarning qarzini to`ladi

'Tadbirkor saxovat yo`lida qarzdor xonadonlarning qarzini to`ladi'ning rasmi

Shirin shahrining “Farhod” mahallasida yashovchi fuqaro N.Tojiboevaning xonadoni elektr energiya tarmog`idan uzilgan va tarmoqqa qayta ulanish uchun to`lovlar amalga oshirilmagan edi. 

Xuddi shu kabi holat “Do`stlik” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Abdusalomovning xonadonida ham aniqlangan. Ammo xonadonning iqtisodiy sharoiti bu to`lovlarni amalga oshirishga qodir emas. Qonuniy talabni o`z muddatida bajarish MIBchilarning vazifasi. Shunday vaziyatda ular mahalla fuqarolar yig`ini raisiga uchrashishdi. Mahalla faollari shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkor Dilshod Habibovga holatni tushuntirishdi. 

Tadbirkor ikkala xonadonni tarmoqqa qayta ulanish uchun to`lanishi majbur bo`lgan jami 892 ming so`mni saxovat yo`lida to`lab berdi. Tarmoqqa qayta ulanishi ta`minlangan  ikki xonadonning quvonchlarini so`z bilan tasvirlash mushkul.

    Boshqa yangiliklar