AsosiyJamiyat

“Matbuotchilar uyi” yana sotuvga qo`yildi

'“Matbuotchilar uyi” yana sotuvga qo`yildi'ning rasmi

Jamoatchilikning faol qarshiligi va mutasaddilarning mavjud muammoli masalaga echim topishi oqibatida bino kredit garov ta`minoti sifatida bekor qilingan va “Matbuotchilar uyi” jurnalistlarda, ya`ni avvalgidek, Toshkent shahar hokimiyati tasarrufida (balansida) qolgandi.

Eslatib o`tamiz, “Matbuotchilar uyi” atrofida muammolarning ijobiy hal etilishi davrida Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida Jahongir Ortiqxo`jaev boshqarayotgandi.

Bugunga kelib esa E-ijro auksion ochiq auksionda bu bino haqida yana ma`lumot paydo bo`ldi.

Matbuotchilar ko`chasi 32-uyni 18.722 kv.m dan iborat maydoni 9.890 kv.m bo`lgan litr 0001-7 qavatdan iborat er to`lali chordak qavatli ma`muriy binoning 3,4,5,6,7 qavatlari va chordoq qismi Iqtisodiy sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo`yildi.

18 750 000 000.00 so`m bilan savdoga qo`yilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya`ni gazeta va jurnallar tahririyati joylashgan.

509522.jpg

 

509540.jpg
509551.jpg

 

    Boshqa yangiliklar