Davlat mulki ob`ektlarini sotish tartibini soddalashtirish bo`yicha eksperiment o`tkaziladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki ob`ektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2017 yil 16 iyundagi PQ-3067-son qaroriga kiritilayotgan o`zgartirish va qo`shimchalar qarori loyihasida keltirib o`tilgan.
Hujjatga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tuman (shahar) hokimlariga o`zlarining bo`ysunuvidagi hududda joylashgan umumiy egallagan maydoni 1000 kvadrat metrgacha bo`lgan bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlarni ob`ektlar ularni baholamasdan, 1 so`mga teng qiymatdagi boshlang`ich narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auksionga chiqarish orqali investisiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda o`rnatilgan tartibda sotish to`g`risida qaror qabul qilish huquqini berish orqali davlat mulki ob`ektlarini sotish tartibini soddalashtirish bo`yicha eksperiment (keyingi o`rinlarda — eksperiment) o`tkazish haqidagi takliflari ma`qullanadi .
Belgilanishicha, davlat mulki ob`ektlarini sotish bo`yicha tushgan takliflar va buyurtmanomalar tegishli ravishda tuman (shahar) hokimning investisiyalar, innovasiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va kichik sanoat zonalari, turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari boshqaradigan hamda tarkibiga tuman (shahar) moliya, iqtisodiyot, qurilish, savdo-sanoat palatasi bo`limlari, er tuzish ko`chmas mulk kadastri korxonalari va tuman (shahar) Davlat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi rahbarlari kiradigan tanlov komissiyalari (tuman tanlov komissiyasi) tomonidan ko`rib chiqiladi;
tuman tanlov komissiyalari o`z faoliyatini Hududiy tanlov komissiyalari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi;
tuman (shahar) hokimlarining bo`sh turgan davlat mulki ob`ektlarni sotish to`g`risidagi qarorlari hamda ushbu qarorlarga asosan sotilishi belgilangan ob`ektlar to`g`risidagi ma`lumotlar ob`ektlarni belgilangan tartibda elektron auksion savdolariga chiqarish uchun bir kunlik muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga taqdim etiladi.
Eksperiment 2020 yilning 1 iyuliga qadar o`tkaziladi.