AsosiyJamiyat

Ko`p qavatli uylarga ichimlik suvi bormayotganiga tarmoqdagi avariya sabab bo`lgani aniqlandi

'Ko`p qavatli uylarga ichimlik suvi bormayotganiga tarmoqdagi avariya sabab bo`lgani aniqlandi'ning rasmi

Biroz avval ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Qarshi shahri 7-mittitumani hududida ichimlik suvi berilmayotgani haqida xabar qoldirgandi. 

Ushbu xabar yuzasidan o`rganish o`tkazildi. Qarshi shahar “Suvoqova” tashkiloti rahbariyatining ma`lum qilishicha, 7-mittituman hududida joylashgan, erostidan o`tgan 426 mm.li ichimlik suvi tarmog`ida avariya holati yuz bergan. Quvur yorilgani sabab 7-, 8-, 9-, 10-, 14-, 15-, 20-, 21-sonli ko`p qavatli uylar  uchun ta`minot vaqtincha to`xtatib qo`yilgan. 

Qayd etilishicha, hozirda mazkur avariya hududiga zarur texnnika vositalari va mutaxassislar jalb qilingan. Aniqlangan kamchilikni bartaraf etish chorasi ko`rilmoqda. Ta`mirlash ishlari yakuniga etkazilib, kech soat 18:00 da aholiga ichimlik suvi uzatish qayta yo`lga qo`yiladi. 

Qarshi shahar “Suvoqova” tashkiloti ushbu noqulaylik uchun iste`molchilardan uzr so`raydi. 

Qarshi shahar hokimligi Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar