AsosiyJamiyat

"O`ztransgaz" haydovchilarni avvaldan ogohlantirmoqda

'"O`ztransgaz" haydovchilarni avvaldan ogohlantirmoqda'ning rasmi

“O`zgidromet” xizmatining ma`lumotlariga ko`ra, yaqin kunlarda, respublikamizning barcha hududlarida ob-havoning keskin sovib ketishi kutilmoqda.

Aholining, ijtimoiy ahamiyatga ega ob`ektlarning, shuningdek respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarining tabiiy gazga bo`lgan ehtiyoji kunning kechki vaqtlarida (soat 17-00 dan 22-00 gacha) keskin oshib ketadi va bu gaz ta`minoti tizimida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ana shu holatni inobatga olib, "O`ztransgaz" haydovchilarni ogohlantiradi:

“Hurmatli avtotransport egalari!

Kunning kechki vaqtlarida (soat 17-00 dan 22-00 gacha) aholiga, ijtimoiy ahamiyatga ega ob`ektlarga, shuningdek respublikaning issiqlik, elektr-energiya ishlab chiqaruvchi korxonalariga tabiiy gaz maksimum etkazib berilishini inobatga olib, Sizlardan avtomashinalaringizga siqilgan gaz quyishda ushbu vaqtlarda vujudga kelishi mumkin bo`lgan vaziyatlarga tushungan holda munosabatda bo`lishingizni so`raymiz.

“O`ztransgaz” AJ iste`molchilarni tabiiy gaz bilan ta`minlashdagi uzilishlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko`radi.

“O`ztransgaz” AJ avvaldan kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun Sizlardan uzr so`raydi”.

Boshqa yangiliklar