AsosiyJamiyat

O`zbekiston 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro`yxatiga kiritildi

'O`zbekiston 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali mamlakatlar ro`yxatiga kiritildi'ning rasmi

“Titan Travel” hisobotiga ko`ra, O`zbekiston Borneo va Kosta-Rika bilan bir qatorda 2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali va ekzotik yo`nalishlardan biri sifatida tan olindi.

2020 yilda sayohat qilish uchun eng jozibali davlatlarning Top-20 ro`yxatidan AQSh, Kanada, Italiya, Hindiston, Janubiy Afrika, Avstriya, Vetnam, Yaponiya, Xitoy, Avstraliya, O`zbekiston, Misr, Ispaniya, Kosta-Rika, Borneo, Gresiya, Sloveniya, Kuba, Peru va Islandiya mamlakatlari o`rin olgan.

“Reytingni tuzish davomida alohida mamlakatlarning turizm salohiyati o`sayotganini kuzatdik. Masalan, O`zbekiston Top-20 ro`yxatiga kiritildi, Kosta-Rika 14-pog`onaga yuqoriladi Borneo birinchi marta yigirmatalikdan o`rin oldi”, - deydi “Titan Travel” boshqaruvchi direktori Endi Skvirell.

Ta`kidlash joizki, reyting mehmonxonalarni band qilish, ekspertlar hamda sayohatchi-jurnalistlar fikri asosida tayyorlangan.

Endi Skvirellning ta`kidlashicha, bugungi kunda tashkilot 70 mamlakat hamda 7 qit`ani o`zida mujassam qilgan 300 dan ortiq yo`nalishni taklif qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar