19 noyabr — Xalqaro erkaklar kuni.
Ushbu bayram birinchi marotaba 1999 yilda Karib dengizining janubidagi ikki katta oroldan iborat bo`lgan Trinidad va Tobago Respublikasi aholisi tomonidan nishonlangan. Keyinchalik ushbu bayramni nishonlash Karib dengizi atrofidagi boshqa mamlakatlarida, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Osiyo, Evropa va Birlashgan Millatlar Tashkilotida qo`llab-quvvatlandi.
Bugungi Xalqaro erkaklar kunining tashabbuskori G`arbiy Hindiston universitetining doktori Jerome Tiluksingx edi. U erkaklarning oila va jamiyatdagi ijobiy rolini ta`kidlaydigan bayramni tashkil etishni taklif qildi. Doktor Tiluksingx mazkur sana sifatida 19-noyabr kunini - otasining tug`ilgan kunini tanladi, uning so`zlariga ko`ra, uning otasi juda yaxshi namuna edi.
Ushbu kunning maqsadi oilada va ota-onaning tarbiyadagi rollarining ahamiyatini belgilashda erkaklarning gender kamsitilishiga e`tiborni qaratish, o`g`il bolalar va erkaklar salomatligini saqlash, ularning ijtimoiy, hissiy, jismoniy va ma`naviy farovonligiga alohida berishdir.






