Nukus shahri markazini obodonlashtirish bo`yicha ishlar davom etmoqda, deb xabar beradi kun.uz Uzbekistan Today axborot agentligiga tayangan holda. Eski binolar buzib tashlanib, shahardan o`tadigan “Do`stlik” kanali bo`yida piyodalar yo`lkalari qurilmoqda.
Shahar markazida attraksionlar, yashil hududlar, muzeylar, jamoa tanovul nuqtalari kun sayin ko`payib bormoqda. Kanal bo`yi nukusliklar va shahar mehmonlarining sevimli dam olish joyiga aylanishga ulgurgan. Tez kunda kanalda sayr qilish uchun katerlar ishga tushirilishi kutilmoqda.
Rejada ko`zda tutilgan ob`ektlarning asosiy qismi 2015 yilning bahorida ishga tushirilishi aytilmoqda. Shahar infrastrukturasini yangilashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari yaqindan yordam beradi.
20.01.2015 16:31





