1

Lola Yuldasheva "Provokasiyalarga faqat yagona sharh berishim mumkin..."

Shou-biznes 19.11.2019, 12:05
Lola Yuldasheva "Provokasiyalarga faqat yagona sharh berishim mumkin..."

Sal avvalroq xonanda Lola Yo`ldoshevaning yangi klipi haqida so`z yuritgan edik...

Kuni kecha xonanda  instagram tarmog`ida yangi video klipi haqida jamoatchilikning munosabati yuzasidan o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

"Men ijodkorman. Men san`at bilan shug`ullanaman, san`at esa hayotning ko`zgusi. Men o`z ijodimda turli mavzularni ko`taraman: ijtimoiy, hayotiy, ba`zan kundalik turmush, va buni rostgo`ylik bilan bajarishga harakat qilaman.

Biz o`zgarishlar davrida yashayapmiz, odamlar nihoyat erkin nafas olib, 5 yil oldin hatto o`ylashga qo`rqishgan mavzular bo`yicha o`z fikrlarini ochiqchasiga ifoda eta oladilar.

Bu safar biz satirik video tayyorladik, unda hazil va shama bilan ijoddagi cheklovlar va byurokratiya mavzusiga to`xtaldik.

“Men san`at odamiman va shuning uchun bunday provokasiyalarga faqat yagona sharh berishim mumkin: "Men O`zbekiston fuqarosiman, o`z vatanimni sevaman, uning odamlarini yaxshi ko`raman va qilgan barcha harakatlarim mening sevgim va uning kelajagiga befarq emaslikning ifodasidir!", - deb yozgan xonanda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1