AsosiyDunyo

Hindistonlik erkak bir tonna tuproq edi

'Hindistonlik erkak bir tonna tuproq edi'ning rasmi

Hindiston fuqarosi 20 yil davomida har kuni tuproq iste`mol qilgan va bundan hech qanday zarar ko`rmagan. Uning noodatiy dietasi haqida Newsflare xabar bergan.

Hindistonlik Nukala Koteshvara Rao mamlakatning Andxra-Pradesh shtatida istiqomat qiladi. U 28 yoshidan tuproq eyishni boshlagan.

Bugungi kunga kelib erkak kuniga bir kilogramm atrofida tuproq iste`mol qiladi. Ba`zida kun davomida boshqa ovqatlardan voz kechib faqat tuproq eyish bilan cheklanadi.

Nukala Koteshvara Rao ushbu dietani 20 yildan beri amalga oshirib keladi va o`tgan vaqt davomida uning sog`lig`ida salbiy o`zgarishlar kuzatilmagan.

Tuproq eyish fanda geofagiya deb ataladi va dunyoning eng qashshoq mamlakatlari Gabon, Kamerun, Akvatorial Gvineya va Indoneziyadagi fuqarolarda ko`p uchraydi.

 

    Boshqa yangiliklar