AsosiyJamiyat

O`z singlisini sotgan opa jazolandi

Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida istiqomat qiluvchi ayol, eri bilan til biriktirib, o`z singlisini fohisha sifatida Tailandga sotib yubordi. Bu haqda “Postda” gazetasiga asoslangan holda kun.uz xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, ayol o`zining eridan ajrashgan singlisiga Turkiyada yaxshi ish borligini aytib, uni Toshkentdan qo`liga 1000 dollar berib uchirib yuborgan.

Gazetada qayd etilishicha, singil Turkiyaga ketayapman deb samolyotga chiqib, Tailandga borib tushgan va u erda uch yil ishlab, xastalanib, qo`lida 500 dollar bilan Samarqandga qaytgan.

Qayd etishlaricha, o`z singlisini fohisha sifatida sotib yuborgan ayol va uning eri ayblarini tan olgan va jazoga tortilgan.

Boshqa yangiliklar