Namanganda svetoforlarga muqobil energiya manbai – quyosh batareyali panellar o`rnatish amalga oshirilmoqda.
O`zA xabariga ko`ra, quyosh batareyali panellarning dastlabkisi viloyat markazining Navoiy va Bobur shohko`chalari kesishgan chorrahalardagi svetoforlarga o`rnatildi.
– Quyosh batareyali panellar sinovdan muvaffaqiyatli o`tmoqda, – deydi viloyat IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi ixtisoslashtirilgan foydalanish bo`limi bosh muhandisi Akmaljon Sulaymonov. – Bunday qurilmalar shaharning asosiy yo`nalishlaridagi ellikdan ziyod chorrahaning barchasiga o`rnatiladi. Bu svetoforlarning barqaror ishlashi va elektr energiyasi tejamkorligida sezilarli natija beradi.





