AsosiyJamiyat

Rasman: Va nihoyat yaqin qarindoshlar uchun "doverennost" bekor bo`ldi

'Rasman: Va nihoyat yaqin qarindoshlar uchun  "doverennost" bekor bo`ldi'ning rasmi

Notariat tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi. 

Unga ko`ra, transport vositasi egasining sug`urta polisida ko`rsatilgan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasini notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz boshqarishiga ruxsat berildi.

Bunda transport vositasi egasining talabi bilan sug`urta kompaniyalari tomonidan sug`urta polisida qarindoshlik darajasi ko`rsatiladi.

Shuningdek, qaror bilan sug`urta polisi blankasining yangilangan shakli tasdiqlandi.

Qaror bilan Yo`l harakati qoidalariga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, DYHXX organlari tomonidan sug`urta polisida ko`rsatilgan yaqin qarindoshlardan transport vositasini boshqarishi haqida ishonchnoma hamda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi.

    Boshqa yangiliklar