Davlat soliq qo`mitasining buyrug`iga asosan 6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi.

Umurov Husniddin Mahmudovich
Jizzax viloyati Arnasoy tumani DSI boshlig`i lavozimiga tayinlandi.
X.Umurov 1979 yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tug`ilgan. 2006 yili Jizzax politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2001 yilda Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Axborot-maslahat markazida mutaxassislikdan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani DSI boshlig`i o`rinbosari vazifasida ishlagan.

Maqsudov Nosirjon Murodilovich
Farg`ona viloyati Quva tumani DSI boshlig`i etib tayinlandi.
N.Maqsudov 1984 yilda Farg`ona viloyati Quva shahrida tug`ilgan. 2007 yili Farg`ona politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2007 yilda Farg`ona viloyati Quva tumani DSIda davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda faoliyat boshlaguniga qadar Farg`ona viloyati Quva tumani DSI boshlig`ining birinchi o`rinbosari vazifasida faoliyat ko`rsatgan.
Turdiqulov Muhiddinjon Sobirovich
Qo`qon shahar DSI boshlig`i etib tayinlandi.
M.Turdiqulov 1965 yilda Farg`ona viloyati O`zbekiston tumanida tug`ilgan. 1988 yili Toshkent xalq xo`jaligi institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 1995 yilda Farg`ona viloyati Qo`qon shahar DSI davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlagunga qadar Farg`ona viloyati Qo`qon shahar Moliya bo`limi mudiri sifatida ishlab kelgan.
Toshtemirov To`lqin Toirjonovich
Farg`ona shahar DSI boshlig`i etib tayinlandi.
T.Toshtemirov 1984 yilda Farg`ona viloyati Farg`ona tumanida tug`ilgan. 2006 yili Toshkent moliya institutini, 2013 yili O`zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2007 yilda Farg`ona shahar DSI inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo`mitasi boshqarma boshlig`i o`rinbosari vazifasida ishlagan.

Saribaev O`tkirjon Qodirqulovich
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani DSI boshlig`i etib tayinlandi.
U.Saribaev 1983 yilda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tug`ilgan. 2005 yili Guliston davlat universitetini, 2009 yili O`zbekiston Milliy universitetini, 2016 yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlaguniga qadar Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi boshlig`i vazifasida ishlagan.

Ro`ziboev Ravshanbek Quryazovich
Toshkent viloyati Parkent tumani DSI boshlig`i etib tayinlandi.
R.Ro`ziboev 1983 yilda Xorazm viloyati Bog`ot tumanida tug`ilgan. 2009 yili Soliq akademiyasini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2004 yilda Xorazm viloyati Gurlan tumani DSI davlat soliq inspektori vazifasida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Parkent tumani DSI boshlig`i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo`lib faoliyat yuritgan.






