1

Jarimani to`lamagan huquqbuzarlarning “Kobalt”lari jarima maydonchasiga yo`l oldi

Jinoyat 19.11.2019, 17:06
Jarimani to`lamagan huquqbuzarlarning “Kobalt”lari jarima maydonchasiga yo`l oldi

MIB Buxoro viloyat tuman (shahar) bo`limlari tomonidan yo`l harakati xavfsizligi organlari bilan hamkorlikda yo`l harakati qoidabuzarligini sodir qilganligi uchun belgilangan jarimalarni to`lashdan bo`yin tovlab kelayotgan huquqbuzarlarning mol-mulkini qidirib topish va xatlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Zero, byuro organlarining asosiy vazifalaridan biri sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini ta`minlash, shu jumladan, qarzdorlarning pul mablag`lari va boshqa mol-mulkni qidirish choralarini ko`rish hisoblanadi.

Misol uchun, G`ijduvon tuman ma`muriy sudining 20.06.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor J.Tursunov yo`l harakati qoidalarini buzganligi uchun davlat foydasiga 5 068 250 so`m jarimani to`lashi haqida ogohlantirilgan bo`lsada, belgilangan muddatda to`lamagan. Ijro harakatlari davomida J.Tursunov nomida “Kobalt” rusumli avtomashinaga nisbatan qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina jarima maydonchasiga keltirildi.

Xuddi shunday, Buxoro viloyat IIB YHXBning qaroriga asosan Erkin G`ofuriy D.X yo`l harakati qoidalarini buzganligi uchun davlat foydasiga 202.730 so`m jarimani to`lashi haqida ogohlantirilgan bo`lsada, belgilangan muddatda to`lamadi. Ijro harakatlari davomida E.G`afuriy nomida “Kobalt” rusumli avtomashinaga nisbatan qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Samarqand viloyat IIB YHHBning qaroriga asosan Sh.Burhonov qoidabuzarligi uchun davlat foydasiga 1.013.650 so`m to`lashi lozim bo`lsada, belgilangan muddatda jarimani to`lamaganligi bois, unga tegishli “Kobalt” avtomashinasi jarima maydonchasiga yo`l oldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1