AsosiyJamiyat

Qoidabuzar avtobus haydovchilariga qat`iy choralar ko`rildi

'Qoidabuzar avtobus haydovchilariga qat`iy choralar ko`rildi'ning rasmi

“Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus yo`nalishlarida tartibli va sifatli xizmatni tashkil etish maqsadida belgilangan qonun-qoida va me`yorlarga amal qilmagan haydovchi va chiptachilarga intizomiy choralar qo`llash qat`iy davom ettirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta”, “Jamoat nazoratchisi” kabi guruhlarda tarqalgan videoda 12 avtobus saroyi tasarrufidagi 131-yo`nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi M.Abduraimov yo`lovchi tashish qoidalariga amal qilmagani, engil avtomobillarning harakatiga halaqit bergani, shuningdek, boshqa yo`nalishdagi avtobuslarni quvib o`tishda qo`pol qoidabuzarlikka yo`l qo`ygani aks etgan. Jamiyat tomonidan ushbu holat batafsil o`rganilib, qoidabuzar haydovchi avtobus saroyida xo`jalik ishlariga jalb etildi.

Bundan tashqari 100-yo`nalishda qatnovchi avtobus haydovchisi B.Ikromov harakatlanish vaqtida sanitariya talablariga amal qilmay, salonda tamaki mahsuloti iste`mol qilgani uchun oylik maoshidan 10 foiz miqdorda jarimaga tortiladigan bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar