AsosiyJamiyat

Sifati kafolatlanmagan 1168 dona tibbiyot vositalarini olib kirish rejasi fosh etildi

'Sifati kafolatlanmagan 1168 dona tibbiyot vositalarini olib kirish rejasi fosh etildi'ning rasmi

Tibbiyot buyumlarini mamlakatimizga yashirin yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida bartaraf etilmoqda. Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro Z.U.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi. 

Natijada, ushbu shaxs deklarasiyada ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 1168 dona stomatologik vositalarni olib kelayotgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar