AsosiyJamiyat

Prezident farmoniga zid tekshiruv o`tkazgan xodimlar jarima to`ladi

'Prezident farmoniga zid tekshiruv o`tkazgan xodimlar jarima to`ladi'ning rasmi

Biznes-ombudsman Samarqand viloyat er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatida tekshiruvlar o`tkazish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini o`rgandi.

Tekshirish jarayonida aniqlanishicha, boshqarmaning 5 nafar xodimi tomonidan Prezidentimizning 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga zid ravishda fermer xo`jaliklari faoliyatida noqonuniy tekshiruv o`tkazilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan Samarqand viloyat er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boshqarmasining ushbu 5 nafar xodimiga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 2412-moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarlik bo`yicha ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Natijada boshqarmaning bu xodimlari – Sh.T. va K.U.ga 2027300 so`mdan, T.I., M.U. va Sh.K.ga 810920 so`mdan jarima qo`llanildi. 

    Boshqa yangiliklar