AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda bir oiladan 7 kishi zaharlangandi. Ulardan biri vafot etdi, ikki kishi esa komada

'Qashqadaryoda bir oiladan 7 kishi  zaharlangandi. Ulardan biri vafot etdi, ikki kishi esa komada'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Chiroqchi tumani “Langar” MFY Tutli qishlog`ilik oilaning etti nafar a`zosi uy sharoitida tayyorlangan pomidor konservasidan zaharlanib, viloyat markazidagi shifoxonalarga yotqizilgan edi. Ularning keyingi ahvoli haqida SSV ma`lum qildi.

Unga ko`ra, ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shu yilning 18 noyabr kuni soat taxminan 08.00 atrofida mazkur oila bekasi Yu.U. vafot etdi. 

Eslatib o`tamiz, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga keltirilgan oila boshlig`i, uning turmush o`rtog`i va katta o`g`liga “Botulizm kasalligining og`ir darajasi. O`tkir toksemiya davri. Toksik neyropatiya. O`tkir nafas etishmovchiligi I darajasi” tashxisi qo`yilgan edi. Ko`rsatilayotgan malakali tibbiy xizmatga qaramasdan ayni paytda ota va katta o`g`ilning ahvoli ham o`ta og`irligicha qolmoqda. Ular sun`iy nafas oldirish apparatida saqlanmoqda.

Shuningdek, ma`lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, oilaning barcha a`zolari komada ekanligi haqidagi xabarlar esa asossiz. Shifokorlar bemorlar hayoti uchun kurashmoqda. Ayni paytda oilaning qolgan to`rt nafar a`zosi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli qoniqarli.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar