1

Ogohlantirish: Qamchiq dovonida kuchli qor kutilmoqda

Jamiyat 20.11.2019, 10:18
Ogohlantirish: Qamchiq dovonida kuchli qor kutilmoqda

O`zgidromet “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining Qamchiq dovoni hududidagi ob-havo yuzasidan shtorm ogohlantirish berdi.

2019 yil 21-25 noyabrda A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining Qamchiq dovoni hududida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog`ishi kutilmoqda. Tuman tushib, ko`rinuvchanlik 50 m gacha pasayadi, shamol sekundiga 17-22 m tezlikda esadi.

21-23 noyabrda harorat 3-5 daraja sovuqqacha, 24-25 noyabrda 8-13 daraja sovuqqacha pasayadi. Yo`lda qor uyumlari, yaxvonlik  hosil bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1