1

SSV kolbasadan kuydirgi kasalligi tarqalayotgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

Jamiyat 20.11.2019, 10:45
SSV kolbasadan kuydirgi kasalligi tarqalayotgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahrida qassobchilik bilan shug`ullangan fuqaroning kuydirgi kasalligidan o`lganligi va ushbu kasallik bilan zararlangan go`sht Toshkent shahridagi kolbasa ishlab chiqarish sexlariga tarqatilgani, shu bois kolbasa va sosiska mahsulotlarini iste`mol qilmaslik lozimligi haqidagi asoslanmagan audio murojaat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan atroflicha o`rganilib, quyidagilarni ma`lum qiladi.

Ma`lum bo`lishicha, oxirgi oylarda vazirlik tasarrufidagi shifoxonalarga kuydirgi kasalligi alomatlari bilan aholi tomonidan hech qanday murojaatlar bo`lmagan va o`lim holati umuman qayd etilmagan.

Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning qayd etishicha, kuydirgi kasalligini tashqi muhitda (tuproqda) o`ta chidamli bo`lgan bakteriya qo`zg`atadi. Ushbu kasallik, asosan, terida ochiq yaralari bo`lgan inson tomonidan kasallangan chorva mollarini so`yish jarayonida yuqishi mumkin. Kasallik odamlarda asosan terida yara shaklida, hayvonlarda esa septik shaklda uchraydi. Mazkur kasallik hayvonlardan odamlarga yuqadi, kasal odamdan sog`lom odamga yuqmaydi.

Qolaversa, yuqori darajadagi haroratda ishlov berilgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarida kuydirgi kasalligi mikroblari nobud bo`lib, kasallik keltirib chiqarish xususiyati yo`qoladi. Ya`ni kolbasa va sosiska mahsulotlari tayyorlanish jarayonida kuchli termik ishlovdan o`tkazilishi natijasida go`sht mahsulotidagi barcha turdagi mikroblar, jumladan, kuydirgi qo`zg`atuvchilari ham nobud bo`ladi. Shu bois ham kolbasa mahsulotlari kuydirgi kasalligini keltirib chiqarmaydi, deyiladi xabarda.

Aholidan bu kabi asoslanmagan xabarlarga, turli mish-mishlarga ishonmasliklarini, bu borada umuman xavotirga o`rin yo`q ekanligini ta`kidlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1