1

4 yoshli bolani tug`ilganligi haqida guvohnomasi nega yo`q?

Jamiyat 20.11.2019, 11:12
4 yoshli bolani tug`ilganligi haqida guvohnomasi nega yo`q?

2018-yilning may oyida oilaviy sharoiti tufayli Feruza Islomova xorijga ketishi va u erda ishlashi kerak bo`ladi. 3 yoshli farzandini onasi O`lmasxon Islomovaga berib o`zi Rossiya Federasiyasiga ishlash uchun ketadi. Ammo haligacha Maftunaning tug`ilganligi haqidagi guvohnomasi yo`q. Hozirda u 4 yoshda. Uni yaxshi tarbiyalash maqsadida buvsi O`lmasxon opa Maftunani maktabgacha ta`lim muassasasiga olib boradi. Biroq, tug`ilganligi haqidagi guvohnomasi yo`qligi uchun MTT uni tabiyasiga olmaydi. Ilojsiz qolgan O`lmasxon Islomova tuman adliya bo`limiga murojaat qiladi. Rishton tumani adliya bo`limida O`lmasxon ayaning ko`ngliga nur kirdi. Zudlik bilan ayaga huquqiy tushuncha berilib, Maftunaning hujjatlari tayyorlandi. Tez kunda Fuqarolik ishlari buyicha Rishton tumanlararo sudiga ariza bilan murojaat qilib, 4 yoshlik Maftunga tug`ilganligi haqida guvohnoma olinadi.                                                 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1