AsosiyJamiyat

O`zbekiston 4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

'O`zbekiston 4 mlrd dollarlik oltin eksport qildi'ning rasmi

O`zbekiston 2019 yilning yanvar-oktyabr oylarida 2018 yilning shu davriga nisbatan oltin eksportini 2,6 baravarga oshirdi. Bu haqida Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot  bermoqda.

2019 yil yanvar-oktyabr oylarida O`zbekiston 4,04 milliard dollarlik oltin eksport qildi.

Shu bilan birga, eksport tarkibida oltinning ulushi 27,3 foizni tashkil etdi.

Ta`kidlab o`tish joizki, so`nggi yillarda O`zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan va 2018 yilda 2,91 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

 

    Boshqa yangiliklar