AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Botanika bog`ida kuzatuv kameralari o`rnatiladi

'Toshkentdagi Botanika bog`ida kuzatuv kameralari o`rnatiladi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Botanika bog`ida kuzatuv kameralari va «xavotir tugmasi» o`rnatilishini ma`lum qildi.

«Telegram kanallarning birida quyidagi xabar e`lon qilindi: ‘Toshkent Botanika bog`i – g`aroyib joy. Ilmiy muassasa bo`lishiga qaramasdan, odamlarning ko`pligidan jamoat joyiga o`xshaydi. Chiqindilar, bosib tashlangan so`qmoqlar, buzilgan mini ekotizimlar ishga xalal bermaydimi?’

Ushbu holatda kamchiliklar borligini tasdiqlab, quyidagilarni ma`lum qilamiz.

Bir hafta oldin Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahmabriyati tomonidan poytaxtda joylashgan Botanika bog`ida kamchiliklar borligiga e`tibor qaratilgan edi. Ushbu hududga ko`plab odamlar kelishi, holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari nazorat qilishi zarurligi, sanuzellarning yomon holati hamda hududda maishiy chiqindilar ko`payib ketgani e`tiborga olindi.

Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyatiga holatni nazorat qilish va Botanika bog`i hamda Yunusobod tumani hokimiyati jamoasi bilan hamkorlikda yuqoridagi muammolarni hal qilish vazifasi topshirildi.

Hozirgi vaqtda quyidagi choralar ko`rildi.

Toshkent shahar IIBB ushbu hududga ikkita profilaktika inspektorlari yordamchilarini biriktirib qo`ydi. Yaqin kunlarda ularga skuterlar taqdim qilinadi – bu hududda tezkorlik bilan harakatlanish, patrullash, nazorat qilish va tashrif buyuruvchilar bilan profilaktik ishlar olib borilishi uchundir», — deyiladi xabarda.

Shuningdek yaqin orada ikkita 360 gradus kuzatuv uchun imkon beradigan kameralar va «xavotir tugmasi» o`rnatiladi.

«Bu tashrif buyuruvchilar uchun biror bir holat bo`yicha tezkor tarzda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun tugma bosilsa, IIBB xodimi bilan videoaloqa orqali bog`lanish va muammo haqida xabar berish mumkin. Shu qayd etish lozimki, Botanika bog`i rahbariyati ham yuqoridagi muammolarni hal qilishga kirishib, ushbu yo`nalishda ishlar olib bormoqda», — deyiladi IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar