1

Xalqaro pedagogika fanlari akademiyasining akademigi Bekmurod Qodirov xotirlandi

Mutolaa 20.11.2019, 13:40
Xalqaro pedagogika fanlari akademiyasining akademigi  Bekmurod Qodirov xotirlandi

Bugun Pedagogika fanlari doktori, professor, Xalqaro pedagogika fanlari akademiyasining akademigi Bekmurod Qodirovning  tavallud kuni munosabati bilan farzandi Bobiromon Qodirov otasini yod etdi. Mazkur she`r akademikning yorqin xotirasiga bag`ishlanadi.

Otajonim, Sizni sog`indim! 

Olislardan keldim kechikib,

O`tgan kunni eslab xo`rsinib,

Endi dardim kimga aytaman,

Otajonim keldim o`ksinib!

 

Jonkuyarim, Otam edingiz,

Qalban tetik, dadil erdingiz,

Har on qo`msar Sizni o`g`lingiz,

Otajonim Sizni sog`indim! 

 

Bo`lmagandi ko`ngil xira-kun,

O`tgan kunim, kunduzlari tun,

Qaytib kelmas afsus o`sha kun,

Otajonim Sizni sog`indim! 

 

Har el tarixi bor dedingiz,

Avlodlar o`tmishin yod etdingiz,

Ezgulikni Siz ko`p qildingiz,

Otajonim Sizni sog`indim! 

 

Vaqt o`tmoqda shiddat bilan tez,

Dildan og`riq ketmaydi hanuz, 

Siz ustozim, fahrim o`zingiz,

Otajonim Sizni sog`indim!

 

Olimlikka intilsam har kun,

Bo`lolmadim Sizchalik nechun,

Mana, orzu ushaldi bugun,

Otajonim Sizni sog`indim!

 

Ko`rmadingiz quvonchlarimni,

Xursand kunim, tashvishlarimni,

Endi o`ylab xotiralarni,    

Otajonim Sizni sog`indim!

 

Qo`lim ochib Sizga duoda,

Yashayapman sirli dunyoda,

Menga hamroh o`gitlaringiz,   

Otajonim juda sog`indim!!! 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1