Internetda ikkita yo`lovchi avtobuslari ishtirokidagi YTH haqidagi xabar tarqamoqda.
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi:
19 noyabr kuni taxminan soat 16.00 da Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko`chasida "Isuzu" rusumli avtobus ("4-AVTOBUS SAROYI" MChJga tegishla va 122-son yo`nalishi bo`yicha qatnovchi) haydovchisi "MERCEDES BENZ" rusumli avtobus ("5-AVTOBUS SAROYI" MChJga tegishli) bilan to`qnashgan.
YTH natijasida hech kim jabr ko`rmadi. YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.