1

Prezident ko`rsatmasi bilan masjid qayta qurila boshlandi

Jamiyat 20.11.2019, 15:35
Prezident ko`rsatmasi bilan masjid qayta qurila boshlandi

 

O`tgan yili Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezidentimiz ta`mirga muhtoj va avariya holatidagi masjidlarni aniqlab, ularni qayta qurish va ta`mirlash choralarini ko`rish yuzasidan ko`rsatma bergandilar. Shunga ko`ra, viloyatda jami 29 ta jome` masjidlarni 2018-2019 yillar davomida qayta qurilishi belgilab olingan.

Ohangaron tumanidagi “Qoraxitoy” jome masjidi ham ana shu dastur asosida qayta qurilmoqda. Masjid Toshkent-O`sh avtomagistrali yonida joylashgan bo`lib, yo`lovchilar, mehmonlar uchun ham xizmat qiladi. Aynan shu sababli, tuman hokimiyati masjidning yangi binosi uchun bir yarim gektarga yaqin joy ajratdi. Endilikda ajratilgan maydonga zamonaviy, ko`rkam ko`rinishga ega, barcha qulayliklar, shart-sharoitlari bilan masjid barpo etiladi.

Kecha “Qoraxitoy” jome` masjidining yangi binosiga dastlabki g`isht qo`yildi. Mazkur tadbirda saxovatpesha, ehsonsevar, din va Allohning uylari bo`lmish masjidlarga qalban bog`langan, muhabbatli yurtdoshlarimizning xizmatlari, jonkuyarligi e`tirof etildi. Bu solih amallari sabab u dunyoyu bu dunyo buyuk ajru mukofotlar sohibi bo`lishlariga umid bildirildi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1