1

Sankt-Peterburg metrosida terakt sodir etganlikda ayblanayotgan o`zbekistonlik Shohista Karimovaga 20 yil qamoq jazosi va bir million rubl jarima so`raldi

Dunyo 20.11.2019, 16:05
Sankt-Peterburg metrosida terakt sodir etganlikda ayblanayotgan o`zbekistonlik Shohista Karimovaga 20 yil qamoq jazosi va bir million rubl jarima so`raldi

Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan terakt bo`yicha sud jarayonida prokuratura o`zbekistonlik ayol Shohista Karimovaga umumiy tartibli koloniyada 20 yilga ozodlikdan mahrum etishni so`radi. Prokuror, shuningdek, unga 1 million rubl miqdorida jarima tayinlashni so`ragan, deya xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Sankt-Peterburgda 15 kishining umriga zomin bo`lgan va 67 kishi jarohatlagan hujum 2017 yilning 3 aprel kuni sodir etilgan. Hudkush Akbarjon Jalilov “Sennaya Ploshad” stansiyasidan “Texnologik institut” bekatiga harakatlanayotgan elektr poezdda o`zini portlatib yuborgan. «Ploshad Vosstaniya» bekatiga qo`yilgan portlovchi moslama texnik nosozlik tufayli ishlamagan.

Karimova bilan bir qatorda, o`nta ayblanuvchi ham sudda ishtirok etmoqda. Prokurorning so`zlariga ko`ra, ularning barchasi “Katiba Tavhid Val Jihad” terrorchilik guruhiga a`zo bo`lgan. Taxminlarga ko`ra, uning a`zolari shuningdek xalqaro qidiruvda bo`lgan Islombek Turg`unov va Bobirjon Maxbubov hamda 2017 yilning mart oyida Vladivostokdagi harbiy kemada portlashni tayyorlayotgan va Qirg`izistonning eng yuqori koloniyasida jazoni o`tayotgan Muhammadjon Turdiev bo`lgan.

Sudlanuvchilar o`z ayblarini rad etmoqdalar, ular jismoniy va ruhiy bosim o`tkazish orqali teraktni tan olishga majbur bo`lganliklarini da`vo qilmoqdalar.

Davlat ayblovchisi Nadejda Tixonova Abror Azimovni, uning akasi Akromni va aka-uka Ibrohim va Muhamadyusup Ermatovni maxsus tartibli koloniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilishni so`radi.

Prokuratura Sodiq Ortiqovga 28 yil, A`zamjon Maxmudov, Mahamadyusup Mirzaalimov, Seyfulla Hakimov, Bahrom Ergashev va Dilmurod Mo`ydinovlarga 27 yildan qamoq jazosi berilishini talab qilmoqda. Shuningdek, ularning har biriga million rubl miqdorida jarima solinishi mumkin.

Prokuror ayblanuvchilar ichidagi yagona ayol uchun yozilgan jazoni o`qiy olmadi: Shohista Karimova hushidan ketdi. O`ziga kelgach esa qichqirib yig`lay boshladi. Ayolni qo`riqchilar xonasiga olib kirib, tez yordam chaqirishdi.

Qolgan sudlanuvchilar ham shovqin ko`tardi. Muhamadyusup Mirzaalimovning onasi ham sarosimaga tushdi. Ayol o`g`li aybsizligi sababli huquq-tartibot idoralari xodimlari o`g`lini aybsiz deb topish bo`yicha so`z berganliklarini ta`kidladi. 

Yarim soatdan so`ng konvoy boshlig`i sudya Andrey Morozovga ikkita xat yubordi. Birinchisida u Shohista Karimovaga tibbiy yordam ko`rsatilgani va u uchrashuvda qatnashishi mumkinligi, ikkinchida esa ayol sud zaliga qaytishdan bosh tortayotgani aytilgan. Sud majlisi keyingi kunga qoldirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1