AsosiyJamiyat

Sog`liqni saqlash vazirligiga tegishli korxonaning ulkan kirdikorlari fosh qilindi

'Sog`liqni saqlash vazirligiga tegishli korxonaning ulkan kirdikorlari fosh qilindi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligiga tegishli unitar korxona davlat byudjetini talon-taroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasining 2016-2019  yillardagi faoliyati yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, korxona mansabdor shaxslari Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi bino va inshootlarni ta`mirlash uchun byudjetdan ajratilgan jami 2,3 mlrd. so`m byudjet mablag`larini yaqin qarindoshlariga qarashli xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga amalda ko`rsatilmagan dezinfeksiya va kompyuter xizmatlari, haqiqatda bajarilmagan qurilish ishlari uchun o`tkazib berib, talon-toroj qilganliklari fosh etilgan.

Bundan tashqari, ular jinoiy yo`l bilan topilgan pul mablag`larining asl manbaini yashirib, mulkka aylantirish maqsadida, “Labo”, “Nexia-3”, “Cobalt”, “Lacetti” va “Malibu-2” rusumli jami 9 ta avtomashinalarni xarid qilishib, jinoiy yo`l bilan topilgan daromadlarini legallashtirishgan.

Tekshiruv davomida davlat manfaatlariga etkazilgan zarardan 1,1 mlrd. so`mi qoplanishi ta`minlandi. 

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi “Tibbiyot qurilish” injiniring davlat unitar korxonasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Boshqa yangiliklar