19 noyabr kuni poytaxtda “Tashkent Fashion Week-2019” Modalar haftaligi ochildi. Tadbir tashkilotchilari – “Osiyo Ramzi” O`zbekiston Respublikasi dizaynerlar assosiasiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi.
“Tashkent Fashion Week-2019” professional dizaynerlar va Modalar uylariga o`z liboslarini namoyish etish va modalar dunyosidagi tendesiyalar haqida ma`lumot olish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ta`kidlash joizki, moda turizm industriyasi uchun alohida ahamiyatga ega bo`lib, sayohat yo`nalishini tanlashdagi asosiy mezonlardan biridir.
Bugungi kunda o`zbek milliy matolari xalqaro hamjamiyat va jahon moda uylarida katta qiziqish uyg`otmoqda, o`zbek dizaynerlari esa, o`z navbatida, milliy an`analarni saqlab qolgan holda zamonaviy modaga yangi elementlarni jalb qilishga harakat qilishmoqda.
O`zbekistonda yildan-yilga moda sanoatida sayyohlarni yanada ko`proq jalb qilayotgan iste`dodlar soni oshib bormoqda.
Tashkent Fashion Week-2019 dasturidan quyidagilar o`rin olgan:
#beyoung – yosh dizaynerlar tanlovi;
o`zbek va xorijiy dizaynerlarninig mualliflik ko`rgazmalari;
Tashkent Fashion Performance;
“Milliy libos” festivali;
o`zbek matolari va milliy liboslari ko`rgazmasi;
xorijiy va mahalliy etakchi dizaynerlarning mahorat darslari va o`quv-seminarlari.
Haftalik doirasida o`zbek san`ati va matolari hamda O`zbekistonning mashhur dizaynerlari mahsulotlari ko`rgazmasini tashkil etish ko`zda tutilgan. Moda haftaligi 24 noyabrgacha davom etadi.