20 noyabr kuni rossiyalik aralash jang san`ati ustasi, UFC shafeligida kurashadigan, amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Toshkentga keldi.
U 23 noyabr kuni «Humo Arena» da bo`lib o`tadigan GFC Professional jang Turnirining faxriy mehmoni bo`ladi.
Aeroportda mashhur jangchini ko`plab muxlislari va jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev boshchiligidagi delegasiya kutib oldi.
Kutib olish marosimidan olingan videoni quyida tomosha qiling.