Qashqadaryo transport boshqarmasi va viloyat YHXB hamkorligida o`tkazilgan 1355 ta qo`shma reyd tadbirlarida 3617 ta lisenziyasiz faoliyat yuritish holati aniqlangan. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Aniqlangan holatlarda haydovchilar 294 ta holatda yuk tashish qoidasini buzgan bo`lsa, 3323 ta holatda lisenziyasiz yo`lovchi tashigan. Natijada 3456 ta rasmiylashtirilgan ma`muriy ishlarda 3420 nafar haydovchiga nisbatan 1 milliard 596 million so`m jarima qo`llanilgan. Qolgan 1512 ta ma`muriy ish amaldagi qonunchiligimizga asosan, huquqbuzar haydovchilarga nisbatan belgilangan muddatlar berilib, lisenziya varaqasi olganligi munosabati bilan ogohlantirish asosida ma`muriy ish tugatilgan.
Joriy yilning o`tgan davri mobaynida lisenziya oluvchi haydovchilardan 834 million 909 ming so`m yig`im, 6 milliard 537 million so`mlik davlat boji undirilgan.






