1

Pastdarg`omda daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxsdan qariyb 57 mln so`m zarar undiriladi

Jamiyat 21.11.2019, 12:31
Pastdarg`omda daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxsdan qariyb 57 mln so`m zarar undiriladi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani Juma shahri Amir Temur ko`chasida noqonuniy kesilgan archalar bo`yicha o`rganishlar olib borildi. 

O`rganishlar  natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, ayni paytda Amir Temur ko`chasida qurilish bunyodkorlik ishlari olib borilayotganligidan xabardor tumanning Jag`alboyli mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi Odiljon Sattorov vaziyatdan foydalanib, piyodalar yo`lakchasi atrofidan biror hujjatsiz, o`zboshimchalik bilan 8 tup, ya`ni 5 tup “Mojjivelnik” va 3 tup “Tuya” archa daraxtlarini o`z ehtiyojlari uchun ishlatish maqsadida kesganligi aniqlandi va bu haqda guvohlar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qarori 4-ilovasiga asosan 8 tup archalarning o`simlik dunyosiga etkazilgan zarari hisoblanganida, jami 54 412 000 so`mni tashkil qildi. Fuqaro O.Sattorov qilgan aybini tan olib, etkazilgan zararni to`liq to`lab berishini ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan O.Sattorovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma`muriy javobgarlik to`g`risida ish qo`zg`atilib, eng kam ish haqining 10 baravari, ya`ni 2 230 000 so`m miqdorida jarima jazosi qo`llanildi.

Hozirgi kunda fuqaro O.Sattorovdan etkazilgan zarar va jarimalarni undirish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1